SMM nima?
SMM (Social Media Marketing) — bu mahsulotlar va xizmatlarni ijtimoiy tarmoqlar orqali reklama qilish va targ’ib etish jarayoni. Ijtimoiy tarmoqlar orqali brendlar o’z auditoriyalari bilan muloqot qiladi, mijozlarni jalb qiladi va savdolarni oshiradi. Tadqiqotlar shuni ko’rsatadiki, mijozlar xarid qilishdan oldin o’rtacha 10 dan ortiq maqolani ko’rib chiqadilar.
Dunyo bo’yicha internet foydalanuvchilar soni 3.5mlrdga teng va ularning uch dan bir qismi ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishadi. Internet tarmog’idagi eng birinchi ijtimoiy tarmoq MySpace bundan 18 yil oldin yaratilgan. Shu 18 yil ichida ijtimoiy tarmoqlar juda tez rivojlanib biznes uchun qulay instrument sifatida televideniye va radioni ortda qoldirdi.
O’zbekistonda hozirgi kunda mashhur ijtimoiy tarmoqlarga Facebook, Instagram, Telegram (ijtimoiy tarmoqlar elementlari mavjud bo’lganligi uchun) kiradi.
SMM nima uchun kerak?
SMM bir lahzada natija keltirmaydi. Reklama orqali sizning profilingizga o’tgan mijoz sizdan birdaniga mahsulot sotib olmasligi ham mumkin. U sizning sahifangizdagi kontent bilan tanishishni boshlaydi. Shuning uchun SMM ni har kun kam kam muntazam ravishda olib borish kerak
SMM, internet marketingning bir bo’lagi hisoblanib u quyidagi vazifalarni bajaradi:
- PR (Public Relations)
- Brending, brendni tanitish
- Reklama qamrovini oshirish
- Ijtimoiy guruhlar o’rtasida sotuvlarni rag’batlantiruvchi tadbirlarni o’tkazish
- Offlain marketing tadbirlarini qo’llab quvvatlash
- Onlayn marketing tadbirlarini qo’llab quvvatlash
- Brend atrofida mahsulot yoki xizmatlarni doimiy iste’mol qiluvchilardan iborat hamjamiyat yaratish va ular bilan iliq munosabatlar o’rnatish
- Maqsadli auditoriyani segmentlash
- Mijozlar oqimini yaratish
Ijtimoiy tarmoqlarda marketingning afzalliklari va kamchiliklari
Ko’pgina biznes turlariga bir zumda kerakli auditoriyani topish imkonini berishi bu juda katta afzallik albatta. Lekin hamma biznes turlariga ham SMMni to’liq va muvaffaqiyatli amalga oshirish juda masala. Amalga oshirish mumkin lekin ko’p mehnat va ijodkorlikni talab qiladi. Masalan bir xil tipdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi va raqobat afzalligiga ega bo’lmagan bizneslar (qishloq xo’jalik mahsulotlari, qurilish mollari va hokazo). Lekin shunday biznes yo’nalishlari borki SMMsiz bu biznes yo’nalishlari juda qiynalib qolishadi. Bularga kafe-restoran, go’zallik salonlari, tibbiyot klinikalari, o’quv markazlari, konsalting xizmatlarini ko’rsatuvchi bizneslar kiradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda marketingning o’ziga xos afzalliklari bilan birga o’ziga yarasha kamchiliklari ham bor. Chunki tanganing ikkinchi tomoni ham bor. SMM ning kamchiliklaridan biri bu noto’gri tanlangan kontent tufayli keng omma oldida negativ tassurot qoldirish ham mumkin. Va u negativ boshqa foydalanuvchilar orqali tarqala boshlaydi.
Ijtimoiy tarmoqlarning boshqa kommunikatsiya kanallaridan farqi — brend va mijoz orasidagi masofaning qisqaligi. Siz o’z mahsulotingiz afzallikari haqida gapiribgina qolmay, balki mijoz bilan kontent orqali emotsional aloqalar o’rnatib, uning kundalik hayotining bir qismiga aylanib ham qolishingiz mumkin. Odamlarga brendni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatish yoqadi. Ular tashqi reklama bannerlari va televideinyedagi qayta va qayta takrorlanadigan reklamalardan bezishgan.
SMMni qanday qilib yuritgan ma’qul?
SMM ni uchta asosiy ustunga qurilsa natija zo’r bo’ladi:
- Potentsial auditoriya bilan aloqalarni o’rnatish
- Potensial auditoriya bilan o’zaro muloqotga kirishish
- Potensial auditoriya to’g’risida ma’lumotlar bazasi shakllantirilib, ulardan foydalanib mahsulot va xizmatlarni sotish
SMM o’rganish nima uchun kerak?
Agar siz biznes egasi bo’lsangiz biznesni yuritishda, ijtimoiy tarmoqlardan mijozlarni jalb etishda kerak bo’ladi. Agar siz SMMni kasb sifatida o’rgansangiz ish topish juda oson bo’ladi. Chunki bu kabi kasblarga talab kundan kunga oshmoqda va SMM mutaxassislari ozchilikni tashkil etyapti. Agar marketolog bo’lsangiz SMM agentstva yoki SMM chiga vazifalarni qo’yishda SMM sohasidagi bilimlar as qotishi mumkin.
SMM target nima?
Ko’pchilik shu savol bilan menga murojaat qilishadi. SMM target bu — ijtimoiy tarmoqlarda pullik (facebook, instagram) reklama berishdir. Targeting degani auditoriyaning ma’lum bir segmentiga reklamani ko’rsatishdir. Biz mijoz portretiga qarab ijtimoiy tarmoqlardan o’sha portretga mos keladigan auditoriyaga reklamani ko’rsatamiz. Shunda reklamaning konversiyasi oshib, reklamaga ketgan xarajat kamayadi. Target reklama narxi auksion tarzda shakllanadi. Bir vaqtning o’zinda ma’lum bir auditoriyaga ko’plab reklama beruvchilar reklamasini ko’rsatmoqchi bo’lsa narx oshib ketadi. Bu tendensiyani noyabr va dekabr oylarida kuzatishimiz mumkin. SMM targetni amalga oshiruvchilarni targetolog deb atashadi. Kuchli targetologlarga ham talab juda katta. Bir vaqtning o’zida 3-4 proyektni bir vaqtning o’zida olib borish mumkin.
SMM chining vazifalariga nimalar kiradi?
SMM chi bu — kompaniyaning ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasini yurituvchi shaxsdir. Agar 5-10 yil SMM desangiz hech kim tushunmasdi, hozirgi kunda deyarli har bir korxona SMM mutaxassisni ishga olgan va ishga lish maqsadida yuribdi. Bu yo’nalish egalariga talab katta va o’nlab o’quv markazlari ushbu kasbni o’rganishni taklif etishadi.
SMM chi nima bilan shug’ullanadi?
- publikatsiya qilish uchun postlarni tayyorlaydi, kontent reja tuzadi
- kontent yaratish jarayonlarini nazorat qiladi: matnlarni yozish, dizaynini yaratish, video roliklar yaratish
- infopovodlarni kuzatib yuradi va ularga kompaniya nomidan fikr bildiradi
- potensial mijozlarning savollariga javob beradi. Sharhlarga izoh qoldiradi
- Ijtimoiy tarmoqlarda pullik reklamani yoqadi
- SMMning samaradorligini kuzatadi va tahlil qiladi
SMMning samaradorligini qanday aniqlashimiz mumkin?
Samaradorlikni aniqlashda harbir ijtimoiy tarmoq kesimida yoki umumiy baholash kerak bo’ladi. Marketing metrikalar quidagilardan iborat:
- Ijtimoiy tarmoqlardan korxona saytiga o’tganlar soni
- Ijtimoiy tarmoqlardan kelgan foydalanuvchilarni saytda o’zini tutishini ko’rish orqali
- Konversiya.
SMM o’rganish bo’yicha kitoblar
Smm ni o’rganishni maqsad qilganlarga avvalombor umumiy tushuncha hosil qilish uchun internetda mavjud bo’lgan smm to’g’risidagi kitoblarni o’qishni maslahat bergan bo’lardim. Agar ingliz tilini bilsangiz ingliz tilidagi kitoblarni, agar rus tilini bilsangiz rus tilidagi kitoblarni o’qing. O’zbek tilida smm bo’yicha yaxshi adabiyot uchratmadim hali. SMM ni endi o’rganayotganlar uchun rus tilidagi kitoblarni ushbu havolaga birlashtirdim.
Bepul SMM kurslari
Kitoblarni o’qib bo’lgandan keyin bepul SMM kurslaridan bilimlaringizni mustahkamlashingiz kerak bo’ladi. Bepul SMM kurslarini telegramdagi Bepul Darslar botidan, etalim.uz saytidan yoki youtube dan izlab ko’rishingiz mumkin.
Lekin, baribir biror bir loyiha ustida ishlab SMMni yuritib ko’rish orqali siz SMM ni amalda tezroq o’rganasiz. Shuning uchun biror tanishingizning biznesini SMMini bepul yuritib berishga harakat qiling.
Ijtimoiy media marketing (SMM) — bu biznesning muhim qismidir. SMM, mahsulot va xizmatlarni ijtimoiy tarmoqlarda targ’ib qilish orqali mijozlar bilan muloqot qilishni anglatadi. Bu jarayon brendning internetdagi ko’rinishini yaxshilash, veb-sayt trafikini oshirish va oxir-oqibat savdo hajmini ko’tarishga qaratilgan.
SMM mutaxassisi, mahsulot yoki xizmatni targ’ib qilish, mijozlar bilan muloqot qilish va brendning ijtimoiy tarmoqlardagi obro’sini oshirish uchun strategiyalar ishlab chiqadi va amalga oshiradi. Bu ish ko’p qirrali bo’lib, kontent yaratish, ijtimoiy tarmoqlarda reklama kampaniyalarini boshqarish, foydalanuvchi izohlariga javob berish va tarmoqni optimallashtirishni o’z ichiga oladi.
Ijtimoiy tarmoqlarda marketing, kompaniyalar va kichik biznes vakillari uchun juda katta ahamiyatga ega. Ular orqali kompaniyalar o’z mahsulot va xizmatlarini kengroq auditoriyaga yetkazish, brendning tan olinishini oshirish va mijozlar bilan samarali aloqani rivojlantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Shuningdek, SMM orqali kompaniyalar o’zlarining veb-saytlariga trafikni oshirishlari va mijozlar bazasini kengaytirishlari mumkin.
SMM sohasida muvaffaqiyatga erishish uchun mutaxassislar yangi trendlarni doimiy kuzatib borishlari, ijtimoiy tarmoqlarning o’zgaruvchan tabiatini tushunishlari va innovatsion yondashuvlarni qo’llashlari kerak. Masalan, Instagramda vizual kontent muhim rol o’ynaydi, shuning uchun SMM mutaxassislari estetik jihatdan jozibali va jalb qiluvchi tasvirlar yaratish ustida ishlashlari kerak.
Bundan tashqari, SMM strategiyasi mijozlar bilan muloqot qilishni o’z ichiga oladi. Bu, mijozlarning ehtiyoj va xohishlarini tushunish, ularga qulay va tezkor javob berish hamda mijozlar bilan doimiy aloqada bo’lishni anglatadi. Natijada, SMM orqali kompaniyalar mijozlar bilan uzoq muddatli munosabatlar o’rnatishlari va ularning ishonchini qozonishlari mumkin.
Xulosa qilib aytganda, SMM — bu faqatgina mahsulot va xizmatlarni reklama qilishdan ko’ra ko’proq narsadir. Bu, kompaniyaning umumiy marketing strategiyasining ajralmas qismi bo’lib, mijozlar bilan samarali muloqot qilish, brendning obro’sini oshirish va biznesni rivojlantirish uchun zarur bo’lgan usullardan biridir. Shu sababli, SMM mutaxassislari uchun bu soha doimiy o’rganishni, innovatsion yondashuvlarni qo’llashni va yangi texnologiyalardan foydalanishni talab etadi.
Keyingi maqolalarda smm haqida qiziqarli faktlarni yozib o’tishga harakat qilaman.
ChatGPT yordamida SMM yuritish bo’yicha maqolani tez orada chop etamiz
Juda keraklı ma’lumotlar
Уведомление: Targetolog kim? - AJOYIB MARKETING
Уведомление: Shaxsiy brendning kuchi: Digital davrda boshqalardan ajralib turish yo'llari - AJOYIB MARKETING