Landing page ingliz tilidan to’g’ridan to’g’ri tarjima qiladigan bo’lsak, qo’nish sahifasi deb tarjima qilinadi. Rus marketologlari uni «maqsadli sahifa» sifatida talqin qilishadi. Landing page bu — bo’lajak mijozni tebranishlarsiz, chayqalishlarsiz, talofotlarsiz qo’ndiradigan maqsadli sahifadir.
Landing page — reklama va marketingning konversiyasini oshirish maqsadida yaratilgan alohida web sahifa bo’lib, u foydalanuvchini ma’lum bir harakatlarni qilishga undaydi. Misol uchun, bepul abonementga yozdirish, buyurtma qilish, qabulga yozdirish, mahsulotni sotib olish va shunga o’xshah boshqa harakatlar.
Landing page nima uchun kerak?
Landinglarni odatda konversiyani oshirish maqsadida yaratishadi. Rasm va matnlarni to’qri joylashuvini amalga oshirish orqali, foydalanuvchini sotuvlar voronkasi bo’ylab tezroq harakatlanishiga erishiladi. Maqsadlardan kelib chiqqan holda, har bir biznes o’zi uchun konversiya nima ekanligini o’zi belgilaydi. Ba’zi bizneslarda konversiya registratsiyalarda o’lchansa, boshqa bizneslarda rassilkaga a’zo bo’lishdir, boshqa birlarida bu mahsulot xarididir.
Landing page ning saytdan farqi nimada?
Sayt — bu bir domenda tashkil topgan sahifalar to’plamidir. Saytning har bir sahifasi o’zining funksiyasini bajaradi: mahsulotni sotish, yangiliklar bilan bo’lishish, bo’lajak mijozlarni brend tarixi bilan tanishtirish. Saytdan farqli o’laroq landing page konversiyani oshirishga yo’naltirilgandir. Landing page odatda bitta mahsulot yoki xizmatga bag’ishlangan. Sayt esa ko’proq umumiy va volumetrik ma’lumotlarga ega. Landing page ning strukturasi boshqacha — unda foydalanuvchini asosiy mavzudan chalg’itadigan havola mavjud emas. Natijada lending page ga tushgan foydalanuvchi yoki taklifga rozi bo’ladi yoki sahifani tark etadi.
Samarali landing page ning asosiy tarkibiy qismlari
- Jozibali sarlavha
- Relevant matn
- Diqqat tortuvchi rasm
- Xususiyatlari va afzalliklari
- Harakatga undash formasi (call to action)
Jozibali sarlavha
Sarlavha bu foydalanuvchi diqqatini qisqa sekundlar ichida jalb qiluvchi element bo’lib, u qisqa, lo’nda va tushunarli bo’lishi bilan bir qatorda qiziqarli va dolzarb bo’lishi ham kerak. Sarlavha keyingi matnni o’qishga undashi jozibali va ishonarli bo’lishi lozim.
Relevant matn
Samarali matn sarlavhani ochib beradi. Bu komponentdan foydalanuvchining diqqatini jalb etish va ushlab qolishning yana bir imkoni sifatida ishlatish maqsadga muvofiqdir. Iloji boricha kamroq so’zlardan foydalanish kerak. So’zlarning ko’pligi bo’lajak mijozning boshini og’ritib qo’yishi mumkin. U boshog’riqlardan xalos bo’lish maqsadida sizning landing page ngizga kirgan bo’lishi mumkin. Siz unga boshog’riqni ko’paytirmang.
Diqqat tortuvchi rasm
Rasm landing orqali foydalanuvchi ongiga yetkazmoqchi bo’lgan umumiy g’oyani kuchaytiradi. Yorqin, sifatli rasm va giflar foydalanuvchilarni ko’zini o’ynatib landingni diqqat bilan ko’zdan kechirishga undaydi. Rasmlar landingdagi matn to’ldirishi kerkak. Rasmlar orqali mahsulot yoki xizmatingizning eng yaxshi jihatllarini namoyish qiling. Foydalanuvchilar natijada nimaga ega bo’lishlarini qo’llari bilan ushlab ko’rmasalarda, ko’zlari bilan ko’rib mahsulot va xizmatingizga ishonch hosil qilishsin.
Xususiyatlari va afzalliklari
Bu ikki komponent bir birini to’ldiradi. Bo’lajak mijozni qaror qabul qilishga undashning eng yaxshi usuli bu mahsulot yoki xizmatning xususiyatlari ro’yxatini keltirish va afzalliklarini sanab o’tishdir. Raqobatchilaringizni o’rganib sizni boshqalardan ajratib turuvchi ularda yo’q xususiyatlarni topib landingga qo’shib qo’ying
Harakatga undash formasi (call to action)
Bu komponent foydalanuvchilar o’zlarining ma’lumotlarini qoldirishlari uchun xizmat qiladi. Keyinchalik mahsulot yoki xizmatlarni telefon orqali sotish uchun ularning telefon raqamlarini qoldirishlari so’raladi. Esda tuting, qanchalik ko’p ma’lumot so’rasangiz, shunchalik bo’lajak konversiya past bo’ladi. End ideal variant bu foydalanuvchining noma va telefon raqamini so’rashdir.