Targetolog — ijtimoiy tarmoqlarda ma’lum bir maqsadli auditoriya uchun targetlangan reklama sozlaydigan mutaxassis.
Targetologning vazifasiga kontent yaratish, umumiy reklama strategiyasini yaratish va biznes sahifani rivojlantirish kirmaydi. Uning asosiy vazifasi maqsadli auditoriya tahlili va reklama konversiyasidir. Targetolog birinchi navbatda mahsulot yoki xizmatni chuqur o’rganib, mijoz portretini yaratadi — yashah manzili, jinsi, yoshi, qiziqishlari. Keyin shu portretga mos tushadigan, mahsulot yoki xizmatga qiziqish bildirishi mumkin bo’lgan auditoriyani ijtimoiy tarmoq reklama platformasi interfeysi orqali tanlaydi. Uning maqsadi reklamani hammaga ko’rsatish emas, balkim potensial xaridorlargagina ko’rsatishdan iborat. U reklama kampaniyasini tahlil qiladi va uni samarali qilishga harakat qiladi. Targetolog bo’lish uchun oliy o’quv yurtni bitirgan bo’lishi shart emas, lekin marketing bo’yicha bilimlari bo’lsa maqsadga muvofiqdir. Kuchli reklama matnarini yoza olish san’atidan xabardor bo’lsa nur ustiga a’lo nur bo’lar edi.
Bu kasb egasi bo’lish uchun nima qilish kerak?
- mustaqil o’rganish. Youtube orqali o’zingiz mustaqil o’rganishingiz mumkin. Bu biroz ko’p vaqtni talab etadi va birinchi reklama kampaniyangizni yuritayotganda ko’p pul sarflashingizga to’g’ri keladi. Chunki siz targatingni yuzaki o’rgangansiz
- targeting bo’yicha onlayn yoki oflayn kurslarda qatnashib bu kasb egasiga aylanishingiz mumkin. Targeting bo’yicha kuchli kurslardan biri Xayot Sharapovning Targetpro onlayn kursini o’qib yaxshi mutaxassis bo’lishingiz mumkin.
- Mavjud reklama agentligiga stajyor sifatida ishga kirib, targeting asoslarini amalda o’rgansangiz ham bo’ladi. Shunda sizda tezroq kuchli mutaxassisga aylanish imkoni bo’ladi.
Targetingni o’rganmoqchi bo’lganlarga tavsiyam shu uchta usulni birin ketin qo’llash, ya’ni avval youtube dagi bepul video darslarni ko’rib targeting bo’yicha asosiy tushuncha va terminlarni o’rganib olish, onlayn kursga borib bilimlarni chuqurlashtirish va keyinchalik agentstvoga ishga kirib, o’rgangan bilimlarni amalda qo’llab yetuk mutaxassis bo’lib yetishishingiz mumkin. Albatta bu ko’proq vaqt va boshqa resurslarni talab etadi. Umuman olganda targetingni yaxshi o’rgansangiz, ishsiz qolmaysiz.
Targetolog qanday va qayerdan ish izlashi mumkin?
- hh.uz ga o’xshagan ish o’rinlari e’lon qiladigan saytlardan
- freelance birjalardan
- biznes, smm, reklama bo’yicha telegram va facebookdagi guruhlardan
- shaxsiy profili (instagram, telegram kanal, facebook) orqali
Targetologlarning muvaffaqiyatsizlikka uchrash sabablari:
- bashorat qilib bo’lmaydigan yuqori ko’rsatkichlarni va’da qilish
- bir vaqtning o’zida 5 ta dan ko’p loyiha olish
- natijalarni to’g’ri tahlil qila olmaslik
- mas’uliyatsizlik
- portfoiloining yo’qligi
Targetolog bo’lish uchun quyidagi ko’nikmalarni shakllantirish lozim.
Professinal ko’nikmalar:
- maqsadli auditoriyani tahlil qila olish
- Google Tag Manager bilan ishlay olish
- reklama kreativini yarata olish
- kopirayting
- analitik servis va parser dasturlarini ishlata bilish
- ijtimoiy tarmoqlar ishlash pringiplarini bilish
Undan tashqari bu sohada yaxshi mutaxassis bo’lish uchun quyidagi shaxsiy ko’nikmalar ham kerak bo’ladi:
- mustaqil o’rganish
- uzluksiz o’rganish
- uzoq vaqt bir loyiha istida chalg’imasdan ishlay olish
- mantiqiy fikrlash
Unutmang! Maqsad aniq bo’lsa, istalgan ko’nikmani shakllantirish mumkin. Asosiysi istakning kuchliligida!
Agarda siz boshqa biror zamonaviy kasbni egasi bo’lmoqchi bo’lsangiz, unda SMM mutaxassisi kasbini tavsiya etaman. SMM haqida tushuncha paydo bo’lishi uchun ushbu maqola ni o’qing
Muallif: Akmaljon Abdullayev