Перейти к содержимому

Telegram Premium haqida fikrlarim

  • автор:
Telegram premium

Telegram messendjerining auditoriyasi 700 milliondan oshdi. Ushbu marrani zabt etish arafasida Pavel Durovning shotirlari pullik telegram, ya’ni Telegram Premium keng ommaga namoyish etishdi. Oyiga 5.5$ evaziga pullik telegram foydalanuvchilari qaysi ustunlikka yoki qulaylikka ega bo’lishadi?

  • Profil beydj. Pullik telegram foydalanuvchilari profili nomi oldida alohida yulduzli belgi namoyon bo’ladi. Guruhlarda birinchilardan bo’lib ko’rsatiladi. Bu esa o’z navbatida boshqalardan ajralib turishiga hissa qo’shadi.

  • To’liq ekranli animatsion stikerlar. Telegram Premium foydalanuvchilari endilikda chatlarda diqqatni tortuvchi to’liq ekranli animatsion stikerlarni yuborish imkoniga ega bolishadi. Stickerlar bazasi hali unchalik katta emas. Keyinchalik baza to’ldirib boriladi. Pullik stickerlar bo’yicha alohida kanal ham ochilgan. Ushbu kanaldan o’zingizga kerakli stickerlarni tanlab olshingiz mumkin
  • Video avatarlar. Telegram premium foydalanuvchisi profilda rasm o’rniga video yuklashi ham mumkin. Hammamiz bilamizki, video kontent oxirgi paytlarda juda katta qiziqish uyg’otmoqda.
  • limitlarni uzaytirish.

jilddagi suhbatlar soni (100 → 200);
kanallar va super guruhlar (500 → 1000).
papkalar soni (10 → 20);
asosiy Lentadagi (5 → 10) va papka ichidagi mahkamlangan dialoglar soni (100 → 200);
ularning kanallari va super guruhlari uchun ommaviy havolalar soni (10 → 20);
tanlangan stikerlar soni (5 → 10);
saqlangan GIF animatsiyalari soni (200 → 400);
ilovaga noyob raqamlar bilan ulangan hisoblar (3 → 4).

Qulaylik va afzalliklar juda ko’p. Men uchun asosiylarini yozdim. Qolganlari bilan Telegramning rasmiy blogida tanishib olishingiz mumkin. Rasmiy kanalda juda ko’p ma’lumotlar mavjud.

Telegram premiumga qanday to’lov qilish mumkin?

Telegram-dagi kontaktlarni qidirishda @PremiumBot-ni toping;
Boshlash-ni bosing, keyin 379.00 RUB to’lang;
«To’lov usuli» oynasida bank kartasi ma’lumotlarini kiriting.

Xo’sh, ushbu imkoniyatlardan biznesni rivojlantirishda qanday foydalanish mumkin?

Telegram Premium foydalanuvchisi bo’ling

Katta kanallarda chiqadigan postlarga mavzuga mos, ma’noli sharhlar qoldirib yoki guruhlarda to’liq ekranli animatsion stikerlar yuborib, auditoriyani diqqatini o’zimizga qaratishimiz mumkin. Video avatarda biznesimiz haqida qisqacha rolik tayyorlab, profil opisaniyesida o’z xizmatlarimizni yoki mahsulotimizni taklif qilishimiz mumkin.

Bu hali hammasi mening gipotezalarim, sinovan o’tkazib alohida post qilishga harakat qilaman.

Telegramning pullik versiyasini sinovdan o’tkazishni boshladim, keyingi postlarda batafsilroq yozaman

Ajoyib Marketing saytida yana boshqa maqolalarni ham o’qishingiz mumkin

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *