Site icon AJOYIB MARKETING

Twitterning raqobatchisi Threads katta tezlik bilan rivojlanmoqda

Mark Tsukerbergning navbatdagi ijtimoiy tarmog’i Threads barcha rekordlarni urmoqda

Instagram 10 million foydalanuvchi to’plash uchun 11 oy kerak bo’lgan edi. Pinterest esa 10 million foydalanuvchini 12 oyda qo’lga kiritgandi. Facebook 25 oyda, Linkedin 4 yilda vaqt sarfladi. Threads esa bu masalani hal etish uchun, ya’ni 10 million foydalanuvchini yig’ish uchun atigi 7 soat sarfladi.

Threads o’zi nima? Nima uchun hammaning tilida u?

Threads bu qisqa firklarni bayon etish va almashish uchun yaratilgan yangi ijtimoiy tarmoq bo’lib, deyarli twitterdan farq qilmaydi. Faqatgina bitta katta farqi bor. Bu ijtimoiy tarmoq instagramning bir qismi sifatida talqin etilishidir. Ya’ni foydalanuvchi instagram akkaunti bilan threadsning akkaunti bog’langan. Instagram akkauntda threads akkauntining ID raqami ko’rinib turadi.

Instagramdagi giveaway va vaynerlardan zerikkan foydalanuvchilar uchun Threads ijtimoiy tarmog’i juda ma’qul keldi. Ko’pincha matnli postlardan tarkib topgan lentani o’qish juda ham qulay va ko’zni charchatmaydi, miyaga dam beradi.

O’zbekistonlik foydalanuvchilar orasida mashhur bo’lishga ham ulgurdi va eng ko’p yuklap olingan ilovalar ro’yxatida birinchi o’rinni egalladi. O’zbekistonlik foydalanuvchilar Threads ilovasini nomini talaffuz qilishda biroz qiynalishyapti. Treds, Sreds, Zreds va boshqa variantlarni ham qo’lllashmoqda.

Men Threads paydo bo’lgan kuni unga qo’shildim va uning imkoniyatlarini sinab ko’rdim. 3 kun ishlatdim va quyidagilarni bilib oldim.

Threadsdan qanday yangiliklar kutilyapti?

Threads bir joyda to’xtabqolmaydi degan umiddaman, jamoa tunu kun mehnat qilib yangidan yangi funksiyalarni joriy etishni o’z oldiga maqsad qilib qo’ygan ko’rinadi. Va buni @mosseri o’z akkauntida yana bir bor ta’kidlab o’tdi. Yaqin kunlarda Threadsda kutilayotgan yangiliklar quyidagilar:

Mening threadsdagi akkauntimga uch kun mobaynida 100 ga yaqin foydalanuvchilar qo’shilishdi. Ha, aytgancha, threadsda hali analitika bo’limi mavjud emas shuning uchun meni kuzatayotganlar akkauntimni qay tarzda topishgani haqida ma’lumot menda mavjud emas. Mening taxminimcha 60 foizi instagram akkauntimda qo’ygan stories orqali kelishgan, qolgan 40 foizi yozgan threadslarim va boshqa akkauntlarda qoldirgan javoblarim orqali mening akkauntimga qo’shilishgan.

Threads biznes egalari juda katta imkoniyatlar eshigini ochib berishi kutilmoqda, chunki threadsdagi auditoriyaning biznesingizga bo’lgan qiziqishi balandroq bo’ladi agar u auditoriya sizning fikrlaringizni threadsda kuzatib borsa.

Agarda sizga marketing bo’yicha qisqa maslahatlar kerak bo’lsa mening Threadsimga qadam ranjida qilishni unutmangiz —> https://www.threads.net/@ajoyibmarketing

Exit mobile version