Site icon AJOYIB MARKETING

Telegramda qiziqishlar va geo bo’yicha reklama berish imkoni paydo bo’ldi.

Telegramning rasmiy reklamasi yangi funksiyalarni qo’shishni davom etmoqda.

Telegramda biznesni rivojlantirish bo’yicha bir nechta instrumentlar mavjud. Shularning ichida eng kuchli instrument bu telegramning rasmiy reklamasidir (telegram.ads). Telegram ads orqali sizning potensial auditoriyangiz mavjud bo’lgan kanallarga o’z reklamangizni ko’rsatish imkonini beradi. Hattoki, raqobatchilaringizning kanallarida ham. Faqat u kanal ommaviy kanal (public channel) bo’lsa bo’ldi. Telegramning rasmiy reklamasi 1000 tadan ortiq obunachiga ega kanallarda oxirgi post sifatida ko’rsatiladi. Reklamaning narxi har 1000 ta ko’ruvlar uchun minimal 2 evrodan boshlanadi va auksion tarzda sotiladi. Telegram Ads da reklama akkaunti ochish uchun 2 mln evro depozit to’ldirish kerak. Albatta bu kichik biznes uchun katta pul va uncha pulni har qanday biznes ham reklama uchun sraflashga tayyor emas. Shuning uchun telegram reklama sotuvchi agentstvalarga reselller sifatida ishlashni taklif qildi. Va shu agentstvalar orqali rasmiy telegram reklama sotib olish imkoni paydo bo’ldi. Agentstvalar bilan ishlash uchun kamida 3000 yevro + 15% agentstva komissiyasi + QQS ni to’lash talab etiladi.

Shu paytga qadar bir nechta bizneslar o’zlarinig kanallarini telegram ads orqali rivojlantirishga ulgurishdi. Bir vaqtning o’zida reklama beruvchilar sonining keskin ko’payishi auksionda reklama narxini keskin ko’payishiga olib keldi. Albatta, bu bizneslarning rentabelligini pasayishiga olib keldi. Targetologlar faqatgina maqsadli auditoriya mavjud bo’lgan kanallarga reklama berishardi, qiziqishlar va shahrlar bo’yicha targeting qilish imkoni mavjud emasdi. Aniq bir lokatsiyada biznesini rivojlantiradigan bizneslar uchun bu biroz qiyinchilik tug’dirardi. Albatta har bir shaharning o’zining regional kanallari mavjud va shu kanallar orqali target qilsa bo’ladi. Lekin ushbu regional kanallarning 20-30% o’sha shaharda tug’ilgan lekin hozir boshqa shaharlarda yashayotganlar tashkil etadi. Bu esa reklama byudjetining beshdan biri maqsadsiz sarflanayotganidan darakdir.

Telegram Ads da qiziqishlar va geo bo’yicha targetlash ana shu muammoni bartaraf etishga yordam beradi. Men masalan Buxoroda pitseriya ochsam bemalol telegram ads orqali faqat ayni paytda Buxoro shahrida bo’lgan insonlarga reklamamni ko’rsatishim mumkin. Targetlashda mamlakatlar miqyosida va shaharlar miqyosida targetlash mumkin.

Qiziqish bo’yich targetlashda telegram qaysi manbalardan olishini hozircha aniq bilmayman va buni eksperimentlar xulosasidan bilishimiz mumkin bo’ladi. Ijtimoiy tarmoqlar qiziqishlar bo’yicha ma’lumotlarni ularning profilidan yig’ib boradi (foydalanuvchi qanaday kontentni ko’ryapti, qaysi kontentga layk bosib qiziqishini bildiryapti, qaysi sahifalarga a’zo bo’lgan shular orqali ma’lumotlar to’lanadi.

Telegram adsning biznes egalari uchun yana bir yangiligi foydalanuvchilar telefon nomerlari bazasi bo’yicha targeting qilish imkoniyatidir. Biznes egalari mavjud mijojlar telefon nomerlarini bazasini yaratib, ularga telegram ads orqali boshqa mahsulot va xizmatlarni sotish imkoniga ega. Aksiya va chegirmalar bo’yicha ma’lumotlarni shu reklama orqali ko’rsatish mumkin.

Exit mobile version