Pavel Durov telegramda storieslar funksiyasi joriy etlilishi mumkinligini bayon etdi. 1 iyuldan boshlab telegram foydalanuvchilari o’zlarining shaxsiy profillarida storierslar qo’yishlari mumkin bo’ladi. Telegramning instagramlashuvi davom etmoqda.
Shu kunga qadar faqat matnli kontentga butun e’tiborini qaratgan va storieslar telegramga mos emasligini ta’kidlab kelgan telegram jamoasi, keng jamoatchilik fikrini eshitib bu funksiyani joriy etishga qaror qildi. Bu harakatlari bilan instagram foydalanuvchilarini telegramga jalb qilishni ham maqsad qilib qo’yishgandir balkim.
Nima bo’lgan taqdirda ham biz marketologlar uchun bu yaxshi yangilik. Chunki, O’zbekistonda deyarli barcha telergram ishlatishadi. Telegram stories biznes uchun potentsial mijozlar bilan aloqa o’rnatiuvchi kuchli instrumentlardan biridir.
Telegram storieslar funksiyasi haqida qisqacha ma’lumotlar:
- Telegram storieslar faqat shaxsiy profillarda bo’ladi. Hozircha guruhlar va kanallar uchun bu funksiya mavjud bo’lmaydi.
- Telegram storieslarni kimlar ko’ra oladi va kimlar ko’ra olmasligini stories yuklayotgan foydalanuvchi belgilashi mumkin
- Telegram storieslar vaqtini belgilash mumkin bo’ladi (12 soat, 24 soat, 48 soat)
- Telegram storeislarni tahrirlash uchun grafik va matnli instrumentlar mavjud bo’ladi
- Telegram storieslarda tashqi link qo’yish imkoni bo’ladi
- Mening taxminimcha Telegram ads platformasida yangi placement paydo bo’ladi. Ya’ni storieslarda telegram reklamasi chiqadi.
Bu yangilikni eshitib menda bir nechta savollar tug’ildi. Masalan men telegram profilimda stories qo’ysam uni kimlar ko’rishi mumkin? Men muloqot qilgan telegram foydalanuvchilari bo’lsa kerak. Demak storieslarni ko’ruvlar sonini, qamrovini oshirish uchun men iloji boricha ko’proq insonlar bilan muloqot qilishim kerak bo’ladi. Qanchalik ko’p foydalanuvchi meni kontaktimni soxranit qilgan bo’lsa, storieslar shunchalik ko’p qamrov (oxvat) oladi.
Bu esa o’z navbatida boshqa savollarni tug’diradi. Bir foydalanuvchiga 5 ta foydalanuvchini storisini ko’rish taklif qilinsa, o’sha 5 ta foydalanuvchilar qaysilar ekanligini algoritmi qanday bo’ladi. Mening telegram storiesim kontaktlarimning top 5 talik storiesiga kirishi uchun nimalar qilishim kerak? Bu savollarga javobni iyul oyida eksperimentlar o’tkazib aniqlab olishimiz mumkin. Eksperiment natijasini telegramdagi Telegram Qirollari kanalida kuzatishingiz mumkin.
Telegram storieslar yordamida marketing voronkasi tuzish bo’yich bir g’oya bilan bo’lishmoqchiman.
1-qadam: Potensial auditoriya mavjud bo’lgan telegram kanaldan reklama sotib olinadi. Reklama matnida potensial auditoriya uchun foydali material (bepul kitob, youtube video, pdf fayl va hokazo) ni olish uchun shaxsiy profilga yozing degan so’zlar ishlatiladi.
2-qadam: Foydalanuvchi shaxsiy profilga murojaat etganida va’da qilingan foydali ma’lumot yuboriladi. Potentsial mijoz sizga birinchi yozgani uchun siz uning kontaktlaridan joy olasiz. Ya’ni sizning storieslaringiz unga ko’rsatilishi mumkin bo’ladi.
3-qadam: Storieslar orqali bo’lajak mijozni o’zingizning mahsulotingizga bo’lgan qiziqishini orttirasiz. Undagi mavjud va ehtimoliy e’tirozlarni storieslar orqali bartaraf etasiz.
4-qadam: Storieslar oxirida harakatga undov (CALL TO ACTION) qilishingiz kerak bo’ladi. Bo’lajak mijozni tashqi link orqali sotuvchi saytga yo’naltirasiz.
5-qadam: Agar bo’lajak mijoz storieslaringizni hammasini ko’rib lekin tashqi link orqali saytga o’tmagan bo’lsa, uning profiliga shaxsiy xabar jo’natasiz
Bu marketing voronkasi hali gipoteza ko’rinishida turibdi. Tez orada buni sinab ko’raman. Taxminimcha konversiya baland bo’lishi kerak. Fikrlaringizni kommnetlarda qoldiring.