Site icon AJOYIB MARKETING

Muallif

Ushbu sahifani to’ldirishdan oldin o’zimdan so’radim, muallif haqida nimalar yozishim mumkin? Mana monitorga tikilyapmanu, o’ylayapman. Juda o’zimni maqtab yubormay tag’in. Men Akmaljon Abdullayev, ushbu mo’jazgina saytchaning muallifiman. Sayt ochishimdan maqsad, marketing bo’yicha o’qiganlarim,bilganlarim,kuzatuvlarim, natijalarim bilan bo’lishib borish. Agarda zarracha foydam tegsa xursand bo’lardim.

Akmaljon Abdullayev

Keling yaqindan tanishsak, Buxoro shahrida istiqomat qilaman. Internet marketingga qiziqaman, garchi hozirgi ishlayotgan soham umuman boshqa bo’lsada.

2009-2010 yillar Buxoro bank kolledjida iqtisod fanidan dars berdim. 2010-2014 yillar Moskva shahrida IPSOS RUSSIA marketing agentligida ishladim. Hozirgi kunda baholash faoliyati bilan shug’ullanaman.

Ijtimoiy tarmoqlarning faol foydalanuvchisiman. Onda sonda SMM xizmatlarini ham ko’rsatib kelmoqdaman. 2022 yilgacha SMM ni SEO dan ustun qo’yardim. SMM nima degan maqolada SMM haqida yozganman Shu yili fikrim o’zgardi. SEO bo’yicha bilimlarimni mustahkamlab borayapman. Natijalar ham ko’p bo’lmasa ham bor. Ushbu saytni birnechta kalit so’zlar bilan googlening top10 sahifasiga chiqarganman. 2023 yil uchun rejalar katta.

Ushbu saytda internet marketing bo’yicha +100 ortiq maqola chop etishni o’z oldimga maqsad qilib qo’ydim. (SMM, SEO, Email marketing bo’yicha).

Hamkorlik masalalari bo’yicha facebok sahifam ga murojaat etsangiz bo’ladi. Muallif sifatida har bir taklifga ijobiy yondashishga harakat qilaman.

Exit mobile version