Ha, xato eshitmadingiz endi instagramda ham kanallar bor. Telegram instagramdan storieslarni o’g’irlagan bo’lsa, instagram telegramdan kanallar funksiyasini o’g’irladi. Hamma ijtimoiy tarmoqlar bir biriga o’xshash bo’lib bormoqda.
Instagramda kanallar nima va u nima uchun biznesga kerak? Keling shu haqda fikr yuritaylik. Kanallar odatda bir tomonlama muloqot vazifasini bajaradi. Ya’ni brend, inflyuenser yoki biznes egasi o’zinig kanalida auditoriyasi bilan muloqot qiladi, auditoriya esa kanalda o’z fikrini bildira olmaydi. Faqat smayliklar bilan kontent yoqgani yoki yo’qligini bildirishi mumkin.
Ikki tomonlama muloqot vositasiga instagramda storislar, insta live kiradi. Ham brend gapirishi ham auditoriya o’z fikrini bildirishi mumkin. Kanalda esa bir tomonlama muloqot bo’ladi.
Instagram kanallarni birinchi bo’lib mashhur influyenserlar sinab ko’rishdi, biroz vaqt o’tgach bu funksiyadan foydalanishga keng ommaga ruxsat berildi, faqat bir shart bilan.
Demak instagram kanalni ochish uchun sizning sahifangizda kamida 10 000 obunchi bo’lishi kerak. Bundan tahsqari sizning akkauntingiz Creator rejimida bo’lishi kerak.
Instagram kanalda auditoriyani qanday ko»paytirish mumkin. Bu juda oson, instagram kanal ochdingizki uning havolasi sizning akkauntingiz biosida ko’rinib turadi. Undan tashqari har bitta obunachingizga opovesheniye bo’lib boradi. Qolaversa storiesga kanal ochganingiz to’g’risida auditoriyanigzga aytsangiz bas. Instagram kanalga odatda sizning eng ashaddiy muxlislaringiz qo’shiladi.