Перейти к содержимому

Instagramda pul ishlash yo’llari

Instagram ilovasi

Dunyo bo’yicha har ikki kishidan biri Instagramdan yangi brendlarni kashf etish uchun foydalanishadi. 44% odamlar Instagramdan har hafta xarid qilish uchun foydalanadilar. Instagramda pul ishlash usullari juda ko’p

Instagram sahifangizni monetizatsiya qilishning bir necha yo’li mavjud, ammo qanday qilib, bilishni xohlaysizmi?

Instagramni qanday qilib monetizatsiya qilishingiz mumkin?


Quyida biror narsa sotishni boshlashdan oldin sizga kerak bo’ladigan narsalar ro’yxati keltirilgan:

  • reja
  • strategiya
  • SEO optimallashtirilgan bio
  • mutaxassislik
  • ishonch
  • ta’sir kuchi
  • jamoa yoki muxlislar
  • sotish uchun mahsulot yoki xizmat
    … chunki ularsiz siz hech narsa sotolmaysiz.

Hammasi Brendlash bilan boshlanadi!

O’zingizning qadriyatlaringizni bilish va quyida keltirilgan barcha boshqa qadamlarni aniqlash sizning muvaffaqiyatingiz uchun juda muhimdir.

Qadriyatlar-maqsad-maqsadli bozor-vizual identifikatsiya-Kelajak maqsadlar va natijalarni oldindan ko’ra bilish

Instagram sahifani optimallashtirish

Instagram sahifani optimallashtirish uchun quyidagilarga ahamiyat bering

  • nom tanlashda iloji boricha oson, esda qolarli va sizning biznesingizni yoritagan nom tanlashga harakat qiling

Sahifa rasmi (avatar):

  • agar shaxsiy brendni rivojlantirmoqchi bo’lsangiz o’zingizning rasmingiz
  • agarda biznesingizni rivojlantirmoqchi bo’lsangiz biznesingiz logotipini qo’ying

Sahifa nomi:

  • Kimsiz?
  • Relevant kalit so’zlar qo’shing

Kategoriya:

  • qaysi sohadasiz?
  • qaysi yo’nalishdasiz

Bio:

  • Nima qilasiz?
  • Kim uchun qilasiz?
  • Bu sahifa kuzatuvchi va obunachilarga nima bera oladi?

Hamjamiyat yaratish

Hamjamiyat bir tunda yoki bir kunda yaratilmaydi. Buning uchun ko’p vaqt va katta kuch talab etadi.
Hamjamiyat yaratish uchun nima qilish kerak:

Siz kabi fikrlovchi insonlar uchun mustahkam poydevor qurish
Bu masalaning eng muhim qismi. Siz poydevorsiz uy qura olmaysiz. Poydevor qurish uchun

  • muntazam foydali va kerakli kontent yartib ularni instagramga joylash kerak;
  • autentik bo’lish;
  • ijtimoiy bo’ling: hamkorlik qilish va boshqalarni qo’llab-quvvatlash kerak bo’ladi

Reja bo’yich kontent strategiyasi va lid magnit yaratamiz

Konent strategiyasini soddalashtirilgan ko’rinishi quyidagicha:

  • nima haqida post qilmoqchiman?
  • postlar oralig’i qanday?
  • qachon post qilaman?

Lid magnitiga misollar

chegirma kodlari
bepul elektron kitob
bepul konsultatsiya

Instagramda pul ishlashning 7 usuli

— mahsulotlarni sotish yoki yaratish
— onlayn kurslar
— kontent yaratish
— konsalting yoki murabbiylik
— affiliate marketing
— tovar hamkorligi
— vebinarlar va seminarlar

Instagramda pul ishlashda nimalarga e’tibor berish kerak?

Instagramda pul ishlash bu hech narsa qilmasdan pul topish degani emas. Siz vaqtingizni, diqqatingizni, bor kuch g’ayratingizni sifatli kontent yaratishga, obunachilar bilan muloqotni ushlab turishga harakat qilishingiz kerak bo’ladi

Ajoyib Marketing saytida yana boshqa maqolalarni ham o’qishingiz mumkin

3 комментария для “Instagramda pul ishlash yo’llari”

  1. Уведомление: SMM nima? - AJOYIB MARKETING

Добавить комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован. Обязательные поля помечены *